
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasini oldini olish bo‘yicha Ohangaron shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida, fuqaro J.D. noqonuniy tarzda fuqaro N.T.ga sof vazni 75,46 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Giyohvandlik VositalariBojxona OrganiToshkent ViloyatiOhangaron ShahriNoqonuniy AylanmaTergov Harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar