O‘zbekiston hududi haftaning birinchi yarmida Qozog‘iston hududlaridan kirib kelgan salqin havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet». Harorat kechalari 15-18 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari 32-35 daraja atrofida, janubda 36-38 darajagacha bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati asta-sekin kechalari 20-23 darajagacha, kunduz kunlari 36-39 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 40-41 darajagacha ko‘tarila boshlaydi.
Respublikaning katta qismida hafta davomida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 14 iyunda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
14—15 iyunda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublika bo‘yicha 14—15 iyunda va 19 iyunda shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
«O‘zgidromet»ning ogohlantirishicha, 14 iyunda kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi