12:14 / 18.08.2021
1 494

Germaniyaning ikkinchi evakuatsiya samolyoti 125 nafar yo‘lovchi bilan Germaniyaning ikkinchi evakuatsiya samolyoti 125 nafar yo‘lovchi bilan Afg‘onistondan uchib keldi

Germaniyaning ikkinchi evakuatsiya samolyoti 125 nafar yo‘lovchi bilan Germaniyaning ikkinchi evakuatsiya samolyoti 125 nafar yo‘lovchi bilan Afg‘onistondan uchib keldi
Foto: Twitter/ @verteidigungsministerium
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan Afg‘onistondagi siyosiy vaziyatni muhokama qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Tomonlar Afg‘onistondan Germaniya fuqarolarini evakuatsiya qilish masalalari bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olgan.

«Gazeta.uz»ning yozishicha, 17 avgust kuni Germaniya Qurolli Kuchlarining (Bundesver) ikkinchi evakuatsiya samolyoti 125 nafar yo‘lovchi bilan Afg‘onistondan Toshkentga uchib kelgan. Samolyot Kobuldan havoga ko‘tarilishi bilan Germaniya Mudofaa vazirligi Twitter’dagi sahifasiga Airbus A400M Kobuldan Toshkentga qaytayotgani haqida xabar qilgan.

Xabarda, bortda Germaniya fuqarolari, mahalliy afg‘on xodimlari hamda «himoyaga muhtoj boshqa shaxslar» borligi ta’kidlangan. «Aviatashuvlar boshlandi va bu xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat taqozo etguniga qadar davom etadi», — deb yozadi Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Mas.

Germaniya mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer esa Afg‘onistondan amalga oshirilayotgan evakuatsiya xavfli missiya ekani, biroq Bundesverda malakali xodimlar borligini ma’lum qilgan.

«Maqsad himoyaga muhtoj ko‘proq odamlarni tezkorlik bilan evakuatsiya qilish uchun Toshkent va Kobul o‘rtasida havo ko‘prigini qurishdan iborat», — deydi u.

DW ma’lumotlariga ko‘ra, Bundesverning ilk samolyoti 17 avgust kuni murakkab sharoit va xavfsizlik sababli bir necha urinishdan keyin Kobul aeroportiga qo‘ngan hamda bortga faqatgina 7 kishi — besh nafar germaniyalik, bir nafar Yevropaning boshqa davlati fuqarosi va kobullik bir afg‘onni ololgan.

Foto: Twitter/ @verteidigungsministerium
Germaniya hukumati Afg‘onistondan odamlarni evakuatsiya qilish operatsiyasi uzluksiz davom etishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqchi. Bundesver 17 avgustda Kobuldan Toshkentga yana ikkita evakuatsiya reysini rejalashtirgan, deydi Xeyko Mas. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkita Airbus A400M samolyotidan tashqari, AQSH Harbiy-havo kuchlarining mashinalari ham jalb qilinadi.

AviaNews’ning yozishicha, Toshkentga qo‘ngan yo‘lovchilar keyinroq Lufthansa aviakompaniyasi samolyotlariga o‘tirib, Germaniyaga yetkaziladi. Birinchi samolyot Toshkentdan Frankfurt-Maynga 18 avgust kuni kechqurun uchishi rejalashtirilgan. Germaniya hukumati bilan kelishuv asosida Lufthansa Kobuldan Qatar poytaxti Dohaga ham parvozlarni amalga oshiradi. Keyingi kunlarga ham bir nechta evakuatsiya reyslarini amalga oshirish belgilangan, biroq ularning aniq soni hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, 15 avgust kuni «Tolibon» Afg‘onistonning butun hududini o‘z nazorati ostiga olganini e’lon qildi. 16 avgust kuni Afg‘oniston fuqaro aviatsiyasi aviakompaniyalarga mamlakat havo hududini aylanib o‘tishni tavsiya etdi.

Shu kuniyoq United Airlines, British Airways va Virgin Atlantic aviakompaniyalari Afg‘oniston havo hududidan foydalanishni to‘xtatdi. 17 avgust kuni ular qatoriga Air France-KLM, Lufthansa, Qatar Airways, Singapore Airlines, China Airlines va boshqa aviakompaniyalar qo‘shildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Germaniyaning ikkinchi evakuatsiya samolyoti 125 nafar yo‘lovchi bilan Germaniyaning ikkinchi evakuatsiya samolyoti 125 nafar yo‘lovchi bilan Afg‘onistondan uchib keldi