17:22 / 20.10.2021
604

Metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi

Metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi
Toshkentdagi yerosti va yerusti metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi. Bu haqda AOKAda Toshkent metropoliteni DUK mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, 2021 yil oxirigacha Toshkent metropoliteni uchun 5 ta, 2022 yilda 14 ta to‘rt vagonli metro poyezdlari xarid qilinadi va poyezdlarning soni 80 taga yetkaziladi. Natijada metro poyezdlarining o‘rtacha yoshi 38 yoshdan 26 yoshga qisqaradi.

2021 yil 1 sentabrdan Chilonzor yo‘nalishi 3 daqiqa va O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha birinchi marta 4 daqiqada ishlash tashkil qilinishi evaziga yo‘lovchilarni manzilga yetkazish vaqti 30 foizga qisqartirilgan.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, zamonaviy reklama vositalari (elektron displey) o‘rnatilishi hisobiga reklamalar soni 3-4 barobarga oshiriladi. Yerosti va yerusti metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi va tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi.

O‘zbekiston Prezidentining «Toshkent metropoliteni faoliyatini samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5260-sonli qaroriga asosan Toshkent metropolitenini uzoq muddatli 2022—2030 yillarga mo‘ljallangan tizimli rivojlantirish imkoniyati paydo bo‘lib, metropolitenning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli, metro vagonlarini ishlab chiqarilishi, metro liniyalarini yangicha loyihalash va qurishda yangicha yondashuv natijasida sarf-xarajatlarni 20-30 foizga kamaytirishga erishiladi.

Qayd etilgan qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha metropoliten boshqarmasida 3 ta yo‘nalishda Ishchi guruhlar tashkil etiladi.

Birinchi guruh – metropoliten bosh muhandisi rahbarligida «Metro vagonlarini tizimdagi ‘Vagonlarni ta’mirlash va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish’ deposida kapital ta’mirlashni yo‘lga qo‘yish, eskalator, elektr ta’minoti, tonnel va yo‘l xo‘jaliklari, shuningdek, harakat tarkibini bosqichma-bosqich yangilash masalalari» bo‘yicha;

Ikkinchi guruh – metropoliten boshlig‘ining o‘rinbosari rahbarligida «Harakat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish, yosh malakali kadrlarni jalb etish, mashinistlarni tayyorlash, yangicha oylik to‘lov tizimini joriy qilish, zamonaviy boshqaruv tizimini yaratish masalalari» bo‘yicha;

Uchinchi guruh – metropoliten boshlig‘ining o‘rinbosari rahbarligida «Yo‘lovchilar oqimini o‘rganish, reklama joylashtirishda yangi tartibni joriy qilish, moliyaviy-iqtisodiy rivojlanish masalalari, zamonaviy axborot texnologiyalarini yo‘llagan holda raqamli boshqarish tizimini joriy qilish, bekatlarda bepul Wi-Fi tizimini joriy etish masalalari» bo‘yicha.

Ishchi guruhlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha belgilangan muddatlarda masalalarni muhokama qilib, hisobotlarni eshitib borish yo‘lga qo‘yiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi