Foto: «Pixabay.com»
Taomnomaga bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini kiritish xotirani yaxshilashga yordam beradi, dedi rossiyalik diyetolog Aleksandra Razarenova.
Xotira uchun eng foydali beshta mahsulotdan biri avokado bo‘lib, uning tarkibida sog‘lom yog‘lar, ko‘p miqdorda kaliy, kletchatka va antioksidantlar bor. Pantotenik kislota uzoq muddatli xotiraga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. U yetishmasa, odam charchoqni his qiladi. Biroq ortiqcha vaznga ega odamlar avakadoni ko‘p iste’mol qilmasliklari kerak: u juda kaloriyali.
Rozmarin kognitiv funksiya va konsentratsiya uchun foydalidir, deya maslahat berdi mutaxassis. Tarkibidagi atsetilxolin fikrlash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur. Zaytun yog‘ini muntazam iste’mol qilish xotirani mustahkamlashga va organizmdagi toksinlarni zararsizlantirishga yordam beradi. Alsgeymer kasalligiga qarshi samarali profilaktika sifatida buyuriladi.
Nerv va ildiz hujayralarini hosil qiluvchi EGCG antioksidanti ko‘k choyda mavjud: u xotiraga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Degenerativ kasalliklarga qarshi ayni muddao. Ichimlikdagi L-teanin o‘rganish qobiliyatini va umumiy ish faoliyatini oshiradi.
Ko‘p miqdorda kakao bo‘lgan shokoladda miyani kislorod bilan ta’minlaydigan organik moddalar mavjud. To‘q rangli shokolad, ayniqsa, foydalidir. Bu ham uyquchanlikni yengishga yordam beradi va umumiy tonusni oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda