Foto: Adliya vazirligi axborot xizmati
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov «Toshkent yoshlar forumi—2021» doirasida yoshlar bilan suhbatlashdi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Vazir «Daryo» muxbirining O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, TikTok va Twitter’ning bloklanishi bo‘yicha bergan savoliga javob berdi.
«Hayotimizda cheklovlar ko‘payib ketdi deganimda, bu umumiy baho berish natijasi edi. Lekin cheklov bo‘lishi kerak-ku. Cheklovlar ko‘payib ketdi degani, cheklovlar bo‘lmasligi kerak degani emas. U har doim maqbul darajada bo‘lishi kerak va o‘zining sohasiga qarab, qonunga qarab bo‘lishi lozim», — deydi Ruslanbek Davletov.
Adliya vaziri o‘zining axborot almashinuvi erkinligi tarafdoriligini aytdi.
«Axborotni hech qachon cheklab, uning ustiga o‘tirib, jilovlay olmaymiz bugungi asrda. Hech qachon qilolmaysiz. Tarix ham bunga guvoh. Gutenberg 1445 yilda bosma dastgohni kashf qilgan, shu orqali ko‘pchilik millatlarning savodi chiqqan. Usmoniylar imperiyasi esa bundan qo‘rqib, 18-19-asrgacha Gutenbergning dastgohini mamlakatga kiritmagan. Bu esa millatning savod bo‘yicha qoloq bo‘lishiga olib kelgan. Buning orqasidan sanoat, ishlab chiqarish va raqobat Yevropada keskin rivojlanib ketdi va ular har tomonlama o‘sishga erishdi», — deydi u.
Ruslanbek Davletov axborot almashinishi kerakligi, bu esa bilimni kuchaytirishi, lekin noqonuniy kontent har doim bo‘lishini aytdi.
«Noqonuniy kontent nima? Bu terrorizmga boshlovchi chorlovlar, diniy adovatlarni qo‘zg‘atuvchi, pornografiya yoki zo‘ravonlik haqidagi materiallar. Rivojlangan davlatlarda bularning barchasi qonun bilan tartibga solingan. Qonun bilan ishlasak, yanglishmaymiz. Axloqqa qaraydigan bo‘lsak, biz ko‘p millatli mamlakatmiz, shu sababli hamma bir xil axloqiy standartga qarab yashamaydi. Kiyinishimiz, yurish-turishimiz, yeydigan va hatto ichadigan ichimligimiz ham boshqacha», — deya qo‘shimcha qildi u.
2020 yil 3 dekabr kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov Xalqaro press-klubda «cheklovlar to‘g‘risida kamroq gapirish kerak. Cheklashga juda ustamiz, shu paytgacha buni juda ham zo‘r uddalaganmiz», deya fikr bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida O‘zbekistonda TikTok va Twitter’ning ochilishi sekinlashdi. 2 iyul kuni esa O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok’dan foydalanish rasman cheklandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar