Chaqaloq tagligida 133 million so‘mlik oltin yashirgan ayol qo‘lga tushdi

1 daqiqa o'qish177
Chaqaloq tagligida 133 million so‘mlik oltin yashirgan ayol qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatida chegaradan chiqib ketayotgan ayolning chaqaloq tagligi ichida qiymati 133 million so‘mga teng oltin quymalar topildi, deb xabar berdi Bojxona qo‘mitasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Yallama” chegara postida fuqaroning yuklari tekshirilganda, ikki dona, umumiy og‘irligi 111 gramm bo‘lgan oltin quymalar aniqlangan. Ular maxsus ravishda chaqaloq tagligi ichiga yashirilgani ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruv natijasida oltin musodara qilindi. Hozirda bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Rasmiylar eslatganidek, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, fuqarolar 65 grammgacha bo‘lgan oltindan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini deklaratsiyasiz olib chiqishlari mumkin. Belgilangan miqdordan ortiq mahsulot esa majburiy deklaratsiya asosida rasmiylashtirilishi lozim.

Bojxona xodimlari ushbu holat orqali chegaradan noqonuniy yo‘l bilan qimmatbaho metallar olib o‘tish urinishlariga qarshi kurash yanada kuchaytirilishini ma’lum qilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?