date

Toshkentda fohishalik qilgan ayol jazolandi


Navoiy viloyatida tug‘ilgan ayol fohishalik bilan shug‘ullangani uchun jazolandi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

2023-yil 28-oktabr kuni soat taxminan 20:00da ichki ishlar organlari xodimlari Toshkent shahri Bektemir tumanida joylashgan "B H" mehmonxonasi hududida 1992-yilda tug‘ilgan ayolni fohishalik bilan shug‘ullanayotganida aniqlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, ayol ajrashgan va bir nafar farzandi bor.

U ilgari ham xuddi shu kabi huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bektemir tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudining qaroriga ko‘ra, ayol O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi "Fohishalik bilan shug‘ullanish" moddasi 2-qismi bo‘yicha aybdor deb topildi.

Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, ayol maxsus qabulxonada saqlanish xarajatlari uchun 309 000 so‘m miqdorida to‘lov amalga oshirishi lozim bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda fohishalik qilgan ayol jazolandi