date

Chiroqchilik fuqaro dabdabali to‘y uchun jarimaga tortildi


Chiroqchi tumanining Buronjuz mahallasida yashovchi S.K. joriy yilning 13-oktyabr kuni dabdabali to‘y tashkil etgan.

Fuqaro ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarini buzgan. Sud jarayonida S.K.

to‘yga kelgan mehmonlar soni juda ko‘pligini va oshpazlar 14 ta katta qozonda taom tayyorlaganini tan oldi. U qilmishidan pushaymonligini bildirib, suddan jazoni yengillashtirishni so‘radi.

Sud qaroriga ko‘ra, S.K.ga 4 million 120 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. Qayd etish lozimki, fuqaro vaqtincha ishsiz va ikkinchi guruh nogironi hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chiroqchilik fuqaro dabdabali to‘y uchun jarimaga tortildi