
O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi 2025-yil oktabr holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 1 kilogramm palov tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlarning o‘rtacha narxini e’lon qildi. - Qoraqalpog‘iston — 100 196 so‘m; - Andijon viloyati — 107 407 so‘m; - Buxoro viloyati — 110 043 so‘m; - Jizzax viloyati — 111 628 so‘m; - Qashqadaryo viloyati — 113 693 so‘m; - Navoiy viloyati — 111 410 so‘m; - Namangan viloyati — 111 027 so‘m; - Samarqand viloyati — 114 836 so‘m; - Surxondaryo viloyati — 113 704 so‘m; - Sirdaryo viloyati — 106 834 so‘m; - Toshkent viloyati — 115 130 so‘m; - Farg‘ona viloyati — 117 746 so‘m; - Xorazm viloyati — 108 758 so‘m; - Toshkent shahri — 119 423 so‘m.
Mazkur narxlar faqat palov tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlarning qiymatini aks ettirib, restoran yoki kafelardagi tayyor palov narxlarini o‘z ichiga olmaydi. 1 kilogramm palov tayyorlash uchun quyidagi mahsulotlar talab etiladi: - o‘simlik yog‘i — 0,3 litr; - piyoz — 300 gramm; - mol go‘shti — 700 gramm; - sabzi — 1 kilogramm; - guruch — 1 kilogramm; - no‘xat — 100 gramm; - zira — 10 gramm; - osh tuzi — 20 gramm.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.