date

Xoland: Messi va Ronaldu cho‘qqisiga hech kim yeta olmaydi

Xoland: Messi va Ronaldu cho‘qqisiga hech kim yeta olmaydi

"Manchester Siti"ning yorqin hujumchisi Erling Xoland YECHLning 4-turidagi "Borussiya Dortmund"ga qarshi bahs oldidan jurnalistlar bilan suhbatda jahon futboli afsonalari — Messi va Ronaldu haqida fikr bildirdi.

— Messi va Ronaldu darajasiga chiqa olamanmi? Yo‘q, ulardan hali juda uzoqman. Ular ikkisi futbol tarixida noyob shaxslar. Hozirgi paytda hech kim ularning cho‘qqisiga yeta olmaydi. Shuning uchun ham bu savolga javob aniq — yo‘q, — dedi 25 yoshli norvegiyalik forvard.

Xoland joriy mavsumda ajoyib formada — u 13 ta uchrashuvda 17 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Forvardning ushbu natijalari uni zamonabop yulduzlar orasida yetakchi qilib ko‘rsatsa-da, u hali ham Messi va Ronalduni eng yuqori pog‘onada deb biladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xoland: Messi va Ronaldu cho‘qqisiga hech kim yeta olmaydi