date

Ronaldu: "Arsenalga o'tishim mumkin edi"


Futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu o‘z intervyusida bir vaqtlar Londondagi "Arsenal" klubiga transfer qilinishiga juda yaqin bo‘lganini ma’lum qildi. "Arsenal" o‘yinlarini tomosha qilganimda, men ularga raqib sifatida qaramayman, chunki bir paytlar bu klubga o‘tishimga oz qolgandi.

Shuning uchun ular g‘alaba qozonganida, men ularning muvaffaqiyatidan xursand bo‘laman," — dedi Ronaldu Pirs Morgan bilan suhbatda. Shuningdek, Ronaldu "Arsenal" jamoasi 2025/2026-yilgi mavsumda Angliya chempioni bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Hozirda "Arsenal" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalining birinchi pog‘onasini egallab turibdi. Eng yaqin ta’qibchi ulardan olti ochkoga ortda qolmoqda.

Mikel Artetaning jamoasi seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida "Slaviya" klubiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu: "Arsenalga o'tishim mumkin edi"