
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 noyabr kuni orfan kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordamni yaxshilash, farmatsevtika sohasidagi islohotlarning ijrosi hamda yangi loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Mamlakatimizda irsiy va tug‘ma kasalliklar bilan tug‘ilishning oldini olish, kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga chalingan bolalarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolashga qaratilgan tibbiy hamda ijtimoiy yordam tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda 5 turdagi orfan va irsiy-genetik kasalliklarga chalingan jami 2174 nafar bola davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bepul diagnostika, dori vositalari va maxsus shifobaxsh oziq-ovqat bilan ta’minlanib kelinmoqda.
Shu bilan birga, ushbu turdagi kasalliklarning diagnostika qilish sifatining yaxshilanishi natijasida orfan kasalliklarining yangi turlari aniqlanmoqda va davolanishga muhtoj bolalarning soni ortib bormoqda.
Taqdimotda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida axborot berildi.
Unga ko‘ra, endilikda davolanishi davlat hisobidan qamrab olinadigan kasalliklarning soni 5 tadan 10 taga kengaytiriladi, yosh chegarasi 18 dan 21 ga uzaytiriladi.
Dasturni amalga oshirish uchun 2026-2030-yillarda jami 961 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Davlatimiz rahbari tegishli qarorni imzolab, dasturni tasdiqladi.
Shuningdek, Prezidentimizga farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri sanoat hududida amalga oshirilayotgan loyihalar, sifat va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi.
Tarmoq korxonalari tomonidan qiymati 5 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi, 172 million dollarlik mahsulotlar eksport qilindi hamda 286 million dollar investitsiya, shundan 257 million dollar xorijiy sarmoyalar o‘zlashtirildi.
35 ta mahalliy korxona tomonidan 205 turdagi dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, ular eksport qilinayotgan davlatlarning soni esa 55 taga yetdi. Shu yilning o‘zida qiymati 29 million dollarlik 16 ta loyiha ishga tushirildi hamda 830 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Sifat va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida dori vositalarini ishlab chiqaruvchi 61 ta korxonada GMP, 486 ta distribyutorlar omborida GDP hamda 9450 ta dorixonada GPP standarti joriy qilindi.
Referent mamlakatlarning narx reestrida mavjud emas.
Taklif etilayotgan chora-tadbirlarga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan 2,6 ming turdagi retseptli dorilarning narxi o‘rtacha 40-50 foizga tushishi kutilmoqda.
Taqdimot davomida farmatsevtika mahsulotlarining davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida ham axborot berildi.
Shifoxonalarda sifatsiz mahsulotlar xaridi va korrupsion omillarni bartaraf qilish maqsadida barcha endilikda davlat xaridlari “farma.xarid.uz” maxsus elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
Mazkur elektron tizim ishga tushirilganidan so‘ng davlat xaridlarida faqat ishlab chiqarish, yetkazib berish va mahsulot xavfsizligi bo‘yicha barcha zarur sertifikatlarga (GMP, ISO:13485 GDP) ega ishtirokchilar qatnasha oladi.
Davlat xaridlari jarayonida mahsulotlarning narxi belgilangan referent narxlaridan yuqori bo‘lmasligini ushbu tizimda avtomatik tarzda tekshiriladi.
Davlatimiz rahbari 2026-yil 1-yanvarga qadar ushbu tizim doirasida davlat tibbiyot muassasalarida dori vositalari va tibbiy jihozlar ehtiyojlarini shakllantirish hamda qoldiqlarni samarali boshqarish bo‘yicha maxsus platformani ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Prezidentimizga, shuningdek, aholini sifatli, xavfsiz va samarador dori vositalari bilan ta’minlash maqsadida dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi tartibi taqdimot qilindi.
Unga ko‘ra, dori vositalarini texnologiyalar transferi orqali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning quvvatlaridan foydalangan holda ishlab chiqarish va tezlashtirilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish imkoni yaratiladi.
Yangi turdagi, biotibbiy hujayra mahsulotlar qatoriga kirgan, shikastlangan to‘qimalarni davolash, a’zolarning qismlarini o‘stirish, organizmning funksional imkoniyatlarini tiklash uchun qo‘llaniladigan dori vositalarini tibbiyot amaliyotiga tatbiq qilish imkoniyati yaratiladi.
“Djenerik” dori vositalarining klinik sinovlarini o‘tkazish va natijalarini baholash xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshiriladi hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlari qisqartiriladi.
Endilikda xavfsizlik klassifikatsiyasi bo‘yicha 1-sinfga mansub tibbiy jihozlar laboratoriya sinovlaridan (steril, o‘lchov vositali va invaziv tibbiy jihozlar bundan mustasno) va klinik tadqiqotlardan o‘tkazilmaydi.
Prezidentimiz bildirilgan takliflarni ma’qullab, 2025-yil yakuni bo‘yicha 166 million dollarlik 32 ta investitsiya loyihasini to‘liq ishga tushirib, 1500 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini yanada oshirish, retseptli dorila
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!