
Jizzax viloyatida birinchi qor yog‘di, deb xabar bermoqda Uzb Meteo Telegram kanali. 29-oktabrga o‘tar kechasi Zaamin tog‘lari bilan o‘ralgan Suffa qishlog‘ida ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik kuzatildi.
Suffa dengiz sathidan 2,4 ming metr balandlikda joylashgan bo‘lib, qishloqda qor ertalab ham yog‘ishda davom etdi. Shunga qaramay, bugun tog‘li hududlarda havo harorati o‘rtacha +10…+15° atrofida bo‘ladi.
Avvalroq, 28-oktabr kuni sinoptiklar respublikaning tog‘li hududlarida sovuq tushishi va yomg‘irning qorga aylanishi haqida xabar bergan edi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilda qo‘shni Qozog‘istonda birinchi qor sentabr oxirida yog‘gan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar