
Toshkentdan Ufa yo'nalishida amalga oshirilgan Uzbekistan Airways HY9657/9658 reyslari zaxira aerodrom sifatida Qozonga yo'naltirildi. Bunga Ufa aeroportida joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar sabab bo'ldi.
Aviakompaniya ma'lumotiga ko'ra, parvozlar jadvali bo'yicha yangilangan axborot keyinchalik taqdim etiladi. Ushbu holat Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 4-noyabr kuni tunda Bashkortostonda ikki ukrain droni urib tushirilgani haqidagi bayonot bilan bir vaqtda ro'y berdi.
Shundan so'ng, Ufa aeroporti cheklovlar olib tashlanganidan keyin odatiy rejimda ish boshladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar