date

VIA MAROKANDda yana o‘zgarish: Yangi qiz sahnaga chiqdi (video)

VIA MAROKANDda yana o‘zgarish: Yangi qiz sahnaga chiqdi (video)

VIA MAROKAND guruhida navbatdagi kadrlar o‘zgarishi yuz berdi. Guruh a’zosi Asalning o‘rniga kelib, yaqinda jamoaga qo‘shilgan Nobiya guruhni tark etdi. Bu haqda guruh yetakchisi Rashid "omon-omon" ko‘rsatuvida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Nobiya turmush qurayotganini sabab qilib, kutilmaganda ishga chiqmay qo‘ygan. Shundan so‘ng u jamoa bilan aloqani uzib, deyarli yo‘qolib qolgandek bo‘lgan. “Qancha kelishilgan xizmatlarimiz bor edi, ularning hammasi birin-ketin bekor bo‘la boshladi”, — deya holatni izohladi xonanda.

Shunga qaramay, Rashid bu vaziyatni hayotdagi sinov sifatida qabul qilganini aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Nobiyaning o‘rniga guruhga Aziza kelib qo‘shilgan va shundan so‘ng jamoaning ishlari yana izga tushgan. “Hammasi yaxshilikka ekan. Aziza bilan ishlarimiz yurishib ketdi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » VIA MAROKANDda yana o‘zgarish: Yangi qiz sahnaga chiqdi (video)