
Rossiya xalq artisti Vera Alentova 83 yoshida olamdan o'tdi. Aktrisaning vafoti haqida u xizmat qilgan Pushkin nomidagi Moskva drama teatri ma'lum qildi.
U 1965 yildan buyon ushbu teatrda faoliyat yuritib kelayotgan edi. Vafotiga miokard infarkti sabab bo'lgan.
OAV ma'lumotlariga ko'ra, Alentovaga 25 dekabr kuni Mayakovskiy nomidagi teatrda aktyor Anatoliy Lobotskiy bilan xayrlashuv marosimi vaqtida yomon bo'lib qolgan. Vera Alentova 1942 yil 21 fevralda Arxangelsk viloyatida tug'ilgan.
Bir muddat Ukraina va O'zbekistonda yashagan. 1965 yilda u MXAT qoshidagi maktab-studiyani tamomlagan.
Aktrisa kinematografiyadagi faoliyatini 1965 yilda "Dni letnye" filmi bilan boshlagan. U dunyo miqyosida mashhurlikka "Moskva ko'z yoshlariga ishonmaydi" filmidagi Katerina Tixomirova roli orqali erishgan.
Shuningdek, u "Ertaga urush edi", "Shirli-mirli" va "Xudolarga hasad" kabi filmlardagi ijrosi bilan tomoshabinlar yodida qolgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.