date

Shohruhxon konserti uchun noodatiy sovg‘a: 50 kilogrammlik tort (video)

Shohruhxon konserti uchun noodatiy sovg‘a: 50 kilogrammlik tort (video)

Shohruhxon konserti oldidan muxlislar uchun tayyorlangan kreativ taklifnoma barchaning e’tiborini tortgan edi. Xonanda taklifnomalarni oddiy emas, balki katta yurakcha shaklida yuborib, “Sizlarga yuragimning bir parchasini yuboryapman”, deya video murojaat yo‘llagani bilan ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi.

Ushbu PR kampaniyaning eng “shirin” yakuni esa yanada qiziqarli tarzda namoyon bo‘ldi. Shahlo Ikramova boshchiligidagi jamoa tomonidan yurak shaklidagi katta tort tayyorlandi.

Xon Saroy kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ushbu o'ziga xos sovg‘a 12 nafar mutaxassis mehnati orqali 15 soat davomida yaratilgan. Tort 200 nafardan ortiq mehmonga mo‘ljallangan bo‘lib, uning umumiy og‘irligi 50 kilogrammni tashkil etgan.

Tadbir ishtirokchilari ushbu kreativ yondashuv va badiiy bezaklarga boy tortni katta qiziqish bilan qarshi olishdi. Mazkur g‘oya nafaqat konsertini reklama qilish, balki muxlislar bilan yanada yaqin aloqa o‘rnatishning o‘ziga xos usuli sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shohruhxon konserti uchun noodatiy sovg‘a: 50 kilogrammlik tort (video)