date

Muyassar Berdiqulova shaxsiy hayotini nima uchun sir saqlaydi?

Muyassar Berdiqulova shaxsiy hayotini nima uchun sir saqlaydi?

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktrisasi Muyassar Berdiqulova shaxsiy hayoti, bolalik xotiralari va salomatlik bilan bog‘liq tajribalari haqida ochiq gapirdi. U oshqozon jarrohlik amaliyotidan o‘tganini, kosmetologga borishdan uyalmasligini va kundan kunga yosharib borayotganini tan oldi.

“Oshqozonim hajmini kamaytirib, salomatlikka ega bo‘ldim”

Muyassar kundan kunga yosharib borayotgani haqida shunday fikr bildirdi:

— Avvalo, insonning ichki dunyosini toza va ruhini erkin saqlashi kerak. Hatto dushmaning yutug‘ini ham to‘g‘ri qabul qila olgan insonga yoshining uzoqligi Alloh tomonidan beriladi. Bu haqda hech shubham yo‘q. Shuningdek, san’atkor sifatida biz hammaga namuna bo‘lib, o‘zimizning uslubimiz bilan ko‘rsatishimiz lozim. Men juda xushbichim bo‘lmasam ham, yoshga mos harakat qilaman. Meni ko‘rgan ayollar: “Muyassar opa yoshida hamma shunday ko‘rinishga ega bo‘lsin”, deyishlarini umid qilaman. Hozir kosmetolog bilan minimal intervensiyalar orqali yuzimni saqlayman va bu holatdan uyalmayman. Yoshim 30 yoshdagiday emas, balki 45-50 yoshda ham shunga tayyorman.

Shuningdek, u bariatriya jarrohlik amaliyoti orqali vaznni kamaytirganini aytdi. — Operatsiyadan keyin men ancha ozib ketdim. Hamma: “Kasaldek ozib ketding”, deyishdi. Lekin hozir o‘z normamga qaytdim, deydi aktrisa.



— Dugonamning “Olma bilan o‘rik bo‘larmidik” degan iborasini yoqtirmayman. Buni takrorlab gapirish shart emas. Qarishni qabul qilmasak, sog‘liqqa salbiy ta’sir qiladi. Har doim kuchli va serg‘ayrat bo‘lishimiz kerak. Hozir bola-chaqadan qutildik, hamma o‘z ishini qilib, zavqli hayot kechiryapti. Hatto 80-90 yoshga kirsak ham, bu davrimizni sevib eslaymiz.

“Hamma mening oilamga qiziqadi”

Muyassar Berdiqulova shaxsiy hayoti va oilasi haqida hech qachon ochiq gapirmaydi. — Mening oilam mening “oshxonam”. U yerda nima bo‘lib o‘tayotgani faqat mening nazoratimda. Tashqariga esa tayyor taomni olib chiqaman. Oilada erkinman, ammo tashqi muhitda juda ehtiyotkor gaplashaman, deydi aktrisa.

“Sinfdoshlarimning ehtiromi ko‘zimga yosh olib keldi”

— Namanganning Norin tumanidanman. Institutga qadar shu yerda bo‘lganman. Baxorda yana o‘sha yerlarga borgim keladi. O‘tgan yili 40 yil ko‘rmagan sinfdoshlarim bilan uchrashdim. Kafeda men uchun jonli yo‘lak qildilar, men mashinadan tushganimda: “Muyassar opa kirdi”, dedi va men yig‘lab yubordim. Hammasi sevimli va samimiy tarzda men bilan muloqot qildi, deydi aktrisa.

“Bolaligim sog‘lom va zavqli o‘tdi”

Muyassar bolaligini shunday eslaydi: — Dadam sal qizg‘anchiq edi, buvim kechqurun uxlatardi. Ariqlarda cho‘milardik, kelinoyim pishirgan nonlarni sovitardik. Loyqa suvda bo‘kkan nonni yegan bo‘lsak ham, sog‘lom edik. Maktabda dalaga yaganaga chiqarib, suv ichardik.

Eng katta boylik – sog‘liq va sevimli kasb

— Boyligim ko‘p narsada: sevimli kasbim, sog‘lig‘im va o‘zim uchun yashash quvvati. Sog‘ bo‘lsam, hammaga kerak bo‘laman — farzandlarga, turmush o‘rtoqlarga va do‘stlarga. Har kuni oynaga qarab: “Seni yaxshi ko‘raman”, deyman. Buni menga yaqinda Zuhra Soliyeva o‘rgatdi, deydi aktrisa.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Muyassar Berdiqulova shaxsiy hayotini nima uchun sir saqlaydi?