date

Ozoda Nursaidova sun’iy intellekt san’atni egallayotgani haqida keskin gapirib chiqdi

Ozoda Nursaidova sun’iy intellekt san’atni egallayotgani haqida keskin gapirib chiqdi

Xonanda Ozoda Nursaidova intervyularidan birida bugungi san’at va musiqa sohasidagi o‘zgarishlar haqida fikr bildirdi. U ayniqsa sun’iy intellekt texnologiyalari sabab kelajakda qo‘shiqchilik sohasi keskin o‘zgarishini ta’kidladi.

San’atkorning aytishicha, yaqin besh yil ichida odamlar sun’iy intellekt orqali yaratiladigan qo‘shiqlarga ko‘nikishga majbur bo‘ladi. Uning fikricha, texnologiyalar rivojlangani sari qo‘shiq aytishni bilmaydigan insonlar ham musiqa yaratishda davom etadi.

Ozoda Nursaidova bu holat ma’lum vaqt o‘tgach tinglovchilarni charchatishini ham aytib o‘tdi. “Shundan keyin odamlar haqiqiy ustalarni sog‘inadi”, degan mazmundagi fikrlarni bildirgan xonanda san’atdagi professionallik qadri pasayib borayotganini ta’kidladi.

Xonanda, shuningdek, hozirgi davrda mikrofon ushlab sahnaga chiqish orqali oson daromad topishga intilish kuchayganini tanqid qildi. Uning fikricha, texnologiyalar ko‘plab jarayonlarni yengillashtirgani sabab ayrim ijodkorlar jonli ijro va haqiqiy mahoratdan uzoqlashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ozoda Nursaidova sun’iy intellekt san’atni egallayotgani haqida keskin gapirib chiqdi