“Benom” guruhi va’dasining ustidan chiqdi! O‘zining muxlislari to‘yida ishtirok etdi

“Benom” guruhi o‘zining ashaddiy muxlislariga bergan va’dasi ustidan chiqdi. Mashhur jamoa muxlislarining to‘y marosimida ishtirok etib, qo‘shiq kuyladi va yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Ma’lum bo‘lishicha, guruh konsertlaridan birida ikki juftlik sahnaga chiqib, o‘z to‘ylarida “Benom” guruhini ko‘rishni orzu qilishini aytgan. Ularning samimiy iltimosi muxlislar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta qiziqish uyg‘otgan edi.
Oradan vaqt o‘tib, guruh yoshlarning orzusini amalga oshirdi. “Benom” jamoasi to‘yda ishtirok etib, sevimli qo‘shiqlarini ijro qildi.
Guruh o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida shunday izoh qoldirdi: “Niyat qilishdan to‘xtamang! Niyatda gap ko‘p! Ibrohim va Umidaxonlarga chin qalbimizdan baxt tilab qolamiz”.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!