Rihanna farzandlari chizgan rasmlarni oyog‘iga tatuirovka qildirdi

Mashhur xonanda Rihanna o'z farzandlari chizgan oddiy rasmlarni oyog'ining orqa qismiga tatuirovka qildirdi va bu holat ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg'otdi. Mazkur tatuirovkani ilgari ham ko'plab jahon yulduzlari bilan ishlagan mashhur tatu ustasi Keith “Bang Bang” McCurdy etib bordi. Professional eskiz emas, balki bolalarning samimiy chiziqlari tushirilgani ko'pchilik tomonidan ona mehrining ramzi sifatida baholandi.
Dunyo mashhuri Rihanna farzandlariga bo‘lgan mehri va e’tiborini yana bir bor o‘ziga xos usulda namoyon qildi. Xonanda yaqinda farzandlari chizgan oddiy rasmlarni oyog‘ining orqa qismiga tatuirovka qildirdi va bu ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tatuirovka mashhur tatu ustasi Keith “Bang Bang” McCurdy tomonidan ishlangan. U ilgari ham ko‘plab jahon yulduzlari bilan ishlagani va noodatiy uslubi bilan tanilgani aytiladi. Rihanna tanlagan tasvir esa professional eskiz emas, balki bolalarining samimiy chiziqlari bo‘lgani bilan muxlislar e’tiborini tortdi.

Xonandaning ushbu qarori ko‘pchilik tomonidan ona mehrining ramzi sifatida baholanmoqda. Muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda Rihanna farzandlarining ijodini qadrlab, uni tanasida abadiylashtirganini iliq fikrlar bilan qarshi oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rihanna va reper A$AP Rocky hozirda uch farzandni tarbiyalamoqda. Ularning katta o‘g‘li RZA 3 yoshda, Riot 2 yoshda, kenja farzandi Roki Ayrish esa 7 oylik.































Izohlar 0
…