Bibisora Assubayeva tanqidchilarga kutilmagan keskin munosabat bildirdi

1 daqiqa o'qish11.6K
Bibisora Assubayeva tanqidchilarga kutilmagan keskin munosabat bildirdi

22 yoshli qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assubayeva o‘zining Telegram kanalida auditoriya kengayishi bilan bog‘liq murakkabliklar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi bosimlar haqida munosabat bildirdi. Sportchining aytishicha, Nomzodlar turniridan keyin obunachilar soni sezilarli darajada oshgan va bu kanalni avvalgidek “shaxsiy kundalik” tarzida yuritishni ancha qiyinlashtirgan.

Assubayeva o‘z sahifasida iliq va xotirjam muhitni saqlab qolish maqsadida salbiy fikr bildiruvchilarni hech qanday ogohlantirishsiz bloklashini ma’lum qildi:

“Katta auditoriya bilan birga doimo tanqid va negativ fikrlar ham paydo bo‘ladi. Faoliyatim davomida bunday holatlarga ko‘nikib ketganman, ammo aynan shu kanalda qulay muhitni saqlab qolishni istayman. Shu sababli menga nisbatan yozilgan har qanday negativ munosabatni shunchaki bloklayman.

Shuningdek, qanday hayot kechirishim, kim bilan uchrashishim, kimlar bilan do‘stlashishim yoki nima bilan mashg‘ul bo‘lishim haqida so‘ralmagan maslahatlar bermasligingizni qat’iy so‘rayman. Men barchaga yoqishga majbur emasman. Agar biror narsa sizga ma’qul kelmasa, shunchaki obunani bekor qilganingiz yaxshiroq”, — dedi shaxmatchi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, hozirda sportchining Telegram kanaliga 20 mingga yaqin foydalanuvchi obuna bo‘lgan. Bibisora Assubayeva shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha uch karra jahon chempioni hisoblanadi. U so‘nggi marta 2025 yil yakunida jahon chempionligi unvonini qo‘lga kiritgan. Kiprda bo‘lib o‘tgan Nomzodlar turnirida esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?