“Xuddi dunyo tugagandek” — Zebo Rahimova muxlislarini lol qoldirdi

San’atkor Zebo Rahimova Boliviyaning Uyuni shahridagi sayohati davomida guvoh bo‘lgan ajoyib manzaralarni o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali muxlislari bilan baham ko‘rdi. U 80 gektar hududdagi “Tabiiy oyna” insonni butunlay boshqa olamga tushib qolgandek his qilishini ta’kidlab, bu yerni xuddi “dunyoning oxiri”ga o‘xshatdi.
Zebo Rahimova o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali sayohat qilayotgani va safar davomida guvoh bo‘lgan ajoyib manzaralarini muxlislari bilan baham ko‘rdi. Uning ta’kidlashicha, navbatdagi manzili Boliviyaning Uyuni shahri bo‘lib, u yerni xuddi “dunyoning oxiri”ga o‘xshatgan.
San’atkorning aytishicha, mazkur hududdagi “Tabiiy oyna” insonni butunlay boshqa olamga tushib qolgandek his qildiradi.
Zebo Rahimova tomonidan ulashilgan foto va videolar kuzatuvchilari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘pchilik muxlislar mazkur manzaralarni tabiatning haqiqiy mo‘jizasi sifatida baholamoqda.






























Izohlar 0
…