19:55 / 26.01.2018
5 517

Rossiyalik xonanda Lyudmila Senchina vafot etdi

Россиялик хонанда Людмила Сенчина вафот этди
Rossiyalik xonanda va aktrisa Lyudmila Senchina 67 yoshida olamdan ko’z yumdi. Ijodkor Sankt-Peterburg shahrida uzoq muddat davom etgan kasallikdan so’ng vafot etgan, deyiladi xabarda.

Ushbu ma’lumot uning turmush o’rtog’i va prodyuseri bo’lmish Vladimir Andreyev tomonidan ham tasdiqlandi: “Lyudmila Petrovna bugun tonggi 8:30 da shahar kasalxonalarining birida vafot etdi. U bir yarim yildan buyon kasal edi”.

Mayin va betakror ovoz sohibasi bo’lmish ijodkor o’tgan asrning 1970–1980 yillarida butun mamlakatga tanilgan. “Den rojdeniya tvoy", "Lesnoy olen", "Zolushka" kabi kompozitsiyalari esa sobiq sovet estradasi oltin fondiga kiritilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rossiyalik xonanda Lyudmila Senchina vafot etdi