06:30 / 04.10.2018
8 197

Xonanda Larisa Moskalyova hozir qayerda? (video)

Xonanda Larisa Moskalyova hozir qayerda? (video)
Oʻz vaqtida Oʻzbekiston sanʼatkorlari orasida mashhur boʻlgan Larisa Moskalyova ayni kunda AQSH da istiqomat qilmoqda. Xonandaning oilasi va ikki qizi bor. Larisa Moskalyova 1974 yilning 28 sentyabrida Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Yoshligida musiqa maktabini tamomlab, soʻngra Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat madaniyat institutining rejissyorlik fakultetida tahsil olgan.

Larisa oʻzining xonanda sifatidagi professional faoliyatini 1992 yilda boshlagan. Faoliyati davomida oʻzbek, rus, qoraqalpoq tillarida koʻplab qoʻshiqlar ijro etgan. U “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist” va “Qoraqalpogʻiston xalq artisti” unvonlariga sazovor boʻlgan.

Larisa Moskalyovaning “Kukushka”, “Marvarid”, “Leyla”, “Reyxan”, Tanovor», “Tashkent”, “Dodorakam”, “Angel”, “Yuragim” kabi koʻplab qoʻshiqlari muxlislar qalbidan chuqur joy olgan. Ayniqsa uning “Dugonalar” qoʻshigʻi hozirgacha omma orasida mashhurligi bilan ahamiyatli.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Larisa Moskalyova hozir qayerda? (video)