06:00 / 04.01.2019
4 777

O‘zbekiston davlat sirkining 2018 yilgi faoliyati tanqid qilindi

O‘zbekiston davlat sirkining 2018 yilgi faoliyati tanqid qilindi
3 yanvar kuni Madaniyat vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston davlat sirkining 2018 yilgi faoliyati tanqid qilindi.
Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ushbu yig‘ilishda yil davomida o‘tkaziladigan tadbirlar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtalgan.

Shu bilan birga vazir O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Glier va Uspenskiy musiqiy maktablarida damli cholg‘u yo‘nalishi bo‘yicha sinflarni ko‘paytirish topshirig‘ini bergan.

Yig‘ilishda, shuningdek, bolalar musiqa va san’at maktablarida dars berayotgan o‘qituvchilar uchun 2019 yilda maxsus sirtqi o‘qish tizimini joriy etish taklifi berilgan.

Ilk yig‘ilishda madaniyat va san’at sohasidagi barcha yo‘nalishlar muhokama qilingan va belgilab berilgan har bir topshiriqning ijrosiga rahbarlarning shaxsan mas’ul ekanligi ta’kidlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekiston davlat sirkining 2018 yilgi faoliyati tanqid qilindi