07:30 / 09.11.2020
4 067

Amerikalik jurnalistlar ko‘p so‘kinadigan aktrisalar reytingini tuzishdi

Amerikalik jurnalistlar ko‘p so‘kinadigan aktrisalar reytingini tuzishdi
Foto: «Mocah.org»
Shou-biznes va kino sanoatini yorituvchi «Uproxx» nashri filmlarda eng ko‘p so‘kinadigan aktrisalar reytingini chop etdi.
3,5 mingta filmni o‘rganish natijalariga ko‘ra, Emili Blant reyting yetakchisiga aylandi. Kino yulduz ekranda 81 marta so‘kingan. Aktrisa buning uchun «Poyezddagi qiz» filmiga «rahmat» deyishi kerak. Chunki o‘sha kinoda har 3-4 daqiqada so‘nikishiga to‘g‘ri kelgan.

Ikkinchi o‘rinni Jennifer Lourens egalladi: uning hisobida 75 ta so‘kinish bor.
Reytingdagi uchinchi pog‘ona Lesli Mannga nasib etdi: u yaratgan personaj 70 marta so‘kingan.

O‘ntalikka, shuningdek, Frensis Makdormand, Vaynona Rayder, Jyuli Delpi, Mila Kunis, Kristen Uig, Jennifer Lopes va Bel Pauli kiritilgan.

Tadqiqot qiziqarli tamoyilni aniqladi. Blant ayollar reytingiga ko‘ra yaqqol ustunlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, biroq jinsga bog‘liq bo‘lmagan ro‘yxatda 34-o‘rinni egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Amerikalik jurnalistlar ko‘p so‘kinadigan aktrisalar reytingini tuzishdi