10:46 / 20.11.2020
3 265

Turk aktrisasi Xazal Kaya ishtirokidagi serial yil loyihasi bo‘lishi mumkin

Turk aktrisasi Xazal Kaya ishtirokidagi serial yil loyihasi bo‘lishi mumkin
Foto: «Haber global.com»
Turk aktrisasi Xazal Kaya bosh qahramon rolini o‘ynaydigan yangi serial yil loyihasi bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Haber global.com» xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha aktrisa «Pere Palasdagi yarim tun» serialida bosh qahramon sifatida suratga tushadi.

Charlz King tomonidan yozilgan ilmiy-ommabop kitobdan olingan 8 qismli ushbu serialda Istanbuldagi mehmonxona, jurnalist qiz va vaqtlararo sayohat haqida hikoya qilinadi. Xazalning aytishicha, u ssenariy bilan tanishib chiqib ushbu rol u uchinligini bilgan. U ijro etadigan qahramonini his qilib, ikkilanib ham o‘tirmay rol ijro qilishga rozilik bergan.

Bundan tashqari, aktrisa ushbu loyihaning muvaffaqiyatli chiqishi va eng muhim voqealardan biri bo‘lishiga ishonganini ta’kidlagan. Karga Seven Pictures’ning Netflix uchun tayyorlagan loyihasiga Emre Shahin rejissyorlik qiladi.

Ma’lumot uchun, «Taqiqlangan sevgi» serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Xazal Kaya ilk faoliyatini epizodik rollar ijrosidan boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turk aktrisasi Xazal Kaya ishtirokidagi serial yil loyihasi bo‘lishi mumkin