18:33 / 11.01.2021
2 866

Sherali Jo‘rayevning mualliflik huquqini buzgan «Nasafiy» jarimaga tortildi

Sherali Jo‘rayevning mualliflik huquqini buzgan «Nasafiy» jarimaga tortildi
«Nasafiy» taxallusi bilan mashxur bo‘lgan qo‘shiqchi Akmalov Aziziddin Sherali Jo‘rayevning mualliflik huquqini buzgani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar bergan

Qayd etilishicha, bundan bir oy oldin Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati «Nasafiy» O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev ijrosidagi «Qora ko‘zli sanamjon» nomli qo‘shiqni va she’rini muallifning roziligisiz asar yaxlitligini buzgan holda ijro etib, uni internet tarmoqlariga joylashtirgan holda moddiy manfaat ko‘rib kelgani haqida Intellektual mulk agentligiga murojaat qilgan. Shundan so‘ng agentlik mazkur holat yuzasidan sudga Ma’muriy bayonnoma kiritgan.

«Natijada Sud Nasafiyni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)–moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari ya’ni 669.000 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlagan.

Shu o‘rinda qo‘shiqchini jarimaga tortishni nima keragi bor, hamma bir birini qo‘shig‘ini aytyapti degan e’tirozlar paydo bo‘lishi tabiiy. Aslida mualliflik huquqi ana shunday himoya qilinadi. Tasavvur qiling, shaxsiy avtomashinangizni o‘zga bir shaxs sizning ruxsatingizsiz o‘z manfaati yo‘lida foydalandi va undan moddiy foyda oldi. Albatta siz bu kabi holatga shunday qarab turmaysiz. Egalik huquqingizni talab qilasiz. Qo‘shiq ham xuddi shunday muallifning shaxsiy mulki hisoblanadi. Kimdir undan foydalansa, albatta mulk egasidan ruxsat olishi kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun xorijiy davlatlarining qo‘shiqchilari orasida ham bu kabi holatlar uchrab turadi va ularga nisbatan katta jarima qo‘llaniladi. Britaniyalik qo‘shiqchi George Harrison'ning qo‘shiq kuyida «The Chiffons» guruhining qo‘shig‘idagi kuy bilan o‘xshashlik bo‘lgan. Natijada Harrison sud qarori bilan 587.000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortilgan», deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Madaniyat » Sherali Jo‘rayevning mualliflik huquqini buzgan «Nasafiy» jarimaga tortildi