23:30 / 08.06.2021
3 508

Aleksandr Bekjonov Muqimiy teatriga direktor etib tayinlandi


Muqimiy nomidagi O‘zbekiston  davlat musiqali teatriga direktor etib O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov tayinlandi.

Bu haqda bugun, 8 iyun kuni Muqimiy nomidagi O‘zbekiston  davlat musiqali teatrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi vakillari va teatr jamoasi ishtirokida yig‘ilishda e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, teatrning avvalgi rahbari Mirza Azizov koronavirus yuqtirishi oqibatida vafot etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aleksandr Bekjonov Muqimiy teatriga direktor etib tayinlandi