Foto: Milliyet
Turkiyada koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat keskinlashishda davom etmoqda: bir necha hafta avval yangi to‘lqin boshlangan, sutka davomida virus bilan zararlanganlar soni 20 mingga yetgan. Kasallanganlar orasida turk seriallari yulduzi Tuba Buyukustun ham bor.
Aktrisa Netflix platformasi uchun suratga olinayotgan Another Self loyihasining suratga olish maydonchasida koronavirus yuqtirib olingani haqida xabar berilgan. Biroz muddat kasalxonada bo‘lgan Tuba uyiga qaytgan va ambulator sharoitda davolangan. Avvalroq Tuba obunachilariga quyidagicha murojaat qilgan edi:
«Mening koronavirus yuqtirib olganim haqidagi xabar to‘g‘riligini ma’lum qilmoqchiman. Shifoxonada men bilan birga bo‘lgan shifokorim, hamshira va yordamchilarga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. Yaxshiyam sizlar borsiz. Ayni vaqtda uydaman va menda hammasi yaxshi».
Sevimli aktrisasining ahvoli yaxshilanganidan muxlislar xursand bo‘lgan, ammo keyinroq ijtimoiy tarmoqda tarqalgan qon quyish apparatining surati kuzatuvchilarni vahimaga solgan. Muxlislar Tubani ahvoli yomonlashgani va shifoxonaga qaytib koronavirus infeksiyasi keltirib chiqargan asoratlardan davolanayotganini taxmin qilgan. Tubaning o‘zi salomatligi haqida boshqa hech qanday ma’lumot bermagan.
Ma’lumot uchun, «Osiyo» seriali yulduzi «Emmi» mukofotiga nomzodi qo‘yilgan ilk turk aktrisasi hisoblanadi. 11 ta serial va 3 ta to‘liq metrajli filmda suratga tushgan Tubaning ismi 2018 yilda Turkiyaning eng yaxshi aktrisasi uchligidan o‘rin olgan. Shuningdek, model sifatida ham tajribasi bor bo‘lgan yulduz «Pul va gul ishqi», «Jasur va go‘zal» singari loyihalardagi roli bilan mashhur. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi