11:46 / 18.08.2021
3 669

Yulduz Usmonova eng xit qo‘shig‘iga oydinlik kiritdi

Yulduz Usmonova eng xit qo‘shig‘iga oydinlik kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova faoliyati davomidagi eng xit qo‘shig‘ini aytib o‘tdi. Uning aytishicha, shu paytgacha undan zo‘rini yarata olmagan.

«Hozirgacha «O‘zbekiston» qo‘shig‘idan yaxshisini yarata olmayapman. Bu qo‘shiq mening «fishkam» va eng xit qo‘shig‘im, yoshlar va sportchilar madhiyasiga aylangan», degan xonanda.

Uning aytishicha, ba’zi paytlarda tadbirlarga chaqirishganda faqat shu qo‘shig‘ini ijro etishni so‘rashadi.

Eslatib o‘tamiz, «Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston» qo‘shig‘i 2000 yilda yozilgan va shu zahoti mashhurlikka erishgan. Qo‘shiq matni shoir Muhammad Yusufga tegishli.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova eng xit qo‘shig‘iga oydinlik kiritdi