09:39 / 04.09.2021
2 434

«Turkiyaning Bred Pitti» — Kivanch Tatlitug‘ yangi serialda suratga tushadi

«Turkiyaning Bred Pitti» — Kivanch Tatlitug‘ yangi serialda suratga tushadi
Foto: «Hurriyet»
O‘zbek muxlislariga «Kumush», «Jasur va go‘zal» seriallaridagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan turk aktyori Kivanch Tatlitug‘ yangi serialda rol ijro qiladi.

Yangi loyiha uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Nar Film kompaniyasi tomonidan suratga olinadigan serial «Oshiqlar bayrami» deb nomlanadi. Ushbu ijod mahsuli turk yozuvchisi Kemal Varol romanidan ruhlanib yozilgan. Unda O‘zjan Alper rejissyor, Kemal Varolning o‘zi esa ssenariy muallifi sifatida faoliyat olib boradi. Ota-bola o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar haqida hikoya qiladigan mazkur kartinada Kivanch kasbi advokat bo‘lgan bosh qahramon rolini ijro qiladi. Settar Tanriogen esa uning otasini gavdalantiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Turkiyaning Bred Pitti» — Kivanch Tatlitug‘ yangi serialda suratga tushadi