00:39 / 13.11.2021
2 203

Turkiyada «O‘zbek kinosi kuni» bo‘lib o‘tdi (foto)

Turkiyada «O‘zbek kinosi kuni» bo‘lib o‘tdi (foto)
8—12 noyabr kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan «Korkut ata xalqaro kinofestivali»da taniqli o‘zbek kinoijodkorlari ham ishtirok etmoqda.
Kecha kinofestival dasturida «O‘zbek kinosi kuni» tashkil etildi. Avval «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali haqida videorolik taqdim etildi.

Tabrik uchun O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Ahmet Demirkan so‘zga chiqishdi.

Kechada o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari va raqslari yangradi. Madaniy tadbir bayram tantanaga aylanib ketdi. Shuningdek, taniqli o‘zbek kino va estrada yulduzlarining chiqishlari taqdim etildi.

So‘ngra, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Rashid Malikovning «Tutqunlik» filmining premerasi bo‘lib o‘tdi. Kechada o‘zbek kinoijodkorlari, Turkiyadagi vatandoshlarimiz va mahalliy aholi ham ishtirok etishdi. Bayram barchaga manzur bo‘ldi.

11 noyabrdan Turkiya milliy telekanallarida kinofestivalda namoyish etilgan o‘zbek filmlarining TV premeralari ham boshlandi.

Ma’lumot uchun, kinofestivalda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Ali Hamrayevning «Xalq jasorati», Jahongir Ahmedovning «Ilhaq» filmlari ham namoyish etildi.

Kinematografiya agentligi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turkiyada «O‘zbek kinosi kuni» bo‘lib o‘tdi (foto)