08:00 / 13.10.2024
80

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma'lum qilindi

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma'lum qilindi
Sinoptiklar 14-16 oktyabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi. Unga koʻra:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 oktyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +0...+5, Ustyurtda -2...+3, kunduzi 14-15 oktyabrda +10...+15, 16 oktyabrda +12...+17 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 14 oktyabrda kechga tomon ba'zi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. 15 oktyabrda ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi. 16 oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 oktyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14 oktyabrda +5...+10, 15-16 oktyabrda +3...+8, kunduzi 14-15 oktyabrda +13...+18; 16 oktyabrda +15...+20; Navoiy viloyatining shimolida kechasi +0...+5, kunduzi 14-15 oktyabrda +10...+15, 16 oktyabrda +12...+17 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 14-15 oktyabrda ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi. 16 oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktyabrda kechasi +8...+13, kunduzi +15...+20; 15 oktyabrda kechasi +6...+11, kunduzi +13...+18; 16 oktyabrda kechasi +3...+8, kunduzi +13...+18 daraja boʻladi.

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 14-15 oktyabrda ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi. 16 oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktyabrda kechasi +10...+15, kunduzi +18...+23; 15 oktyabrda kechasi +8...+13, kunduzi +18...+23, 16 oktyabrda kechasi +5...+10, kunduzi +18...+23 daraja boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 14 va 16 oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 15 oktyabrda ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktyabrda kechasi +10...+15, kunduzi +18...+15; 15 oktyabrda kechasi +8...+13, kunduzi +18...+23, 16 oktyabrda kechasi +5...+10, kunduzi +18...+23 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktyabrda kechasi +10...+15, kunduzi +15...+20; 15 oktyabrda kechasi +8...+13, kunduzi +18...+23, 16 oktyabrda kechasi +5...+10, kunduzi +13...+18 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, 14-15 oktyabrda ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 va 16 oktyabrda ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 oktyabrda kechasi va kunduzi +5...+10, 15 oktyabrda kechasi va kunduzi +2...+7, 16 oktyabrda kechasi va kunduzi +0...+5 daraja boʻladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston