DDR5 operativ xotiralari orasida soxta modullar paydo bo‘ldi

1 daqiqa o'qish183
DDR5 operativ xotiralari orasida soxta modullar paydo bo‘ldi

Osiyo bozorida DDR5 operativ xotira modullarining narxi oshishi ortidan soxta mahsulotlar oqimi ko‘paydi. Internetdagi savdo maydonchalari va chakana do‘konlarda sotuvga chiqarilgan ushbu qurilmalar tashqi ko‘rinishidan haqiqiy xotira modullariga o‘xshasa-da, aslida hech qanday funksional xususiyatga ega emas. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

X ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi Taki tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 16 gigabaytli Samsung markali deb taqdim etilgan modullarda SK hynix chiplari o‘rnatilgani ko‘rsatilgan. Biroq, tekshiruvlar davomida ushbu «chiplar» aslida oddiy plastik bo‘laklar ekanligi aniqlandi. Firibgarlar plastik qismlarga maxsus markirovka tushirib, ularni haqiqiy xotira chiplari sifatida ko‘rsatishga urinishmoqda.

Hozirda bunday soxta mahsulotlar Yahoo Japan kabi platformalarda «kafolatsiz» va «qaytarib olinmaydigan» shartlar bilan sotilmoqda. Mutaxassislar xaridorlarni ehtiyotkor bo‘lishga va shubhali arzon narxdagi texnikalarni xarid qilmaslikka chaqirmoqda.

Kompyuter butlovchi qismlari taqchilligi va narxlarning yuqoriligi firibgarlar uchun qulay muhit yaratmoqda. Xaridorlar brend nomi va tashqi ko‘rinishga aldanib, ishlamaydigan plastik qismlarni sotib olish xavfi ostida qolmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?