14:19 / 18.01.2025
258

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi
Oʻzgidromet 20-22 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha ma'lumotni taqdim etdi. Unga koʻra:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 20-21 yanvarda ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin, 22 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 yanvarda kechasi -3...+2, kunduzi +3...+8, 21 yanvarda kechasi -3...+2, kunduzi 0...+5, 22 yanvarda kechasi -2...-7, kunduzi -3...+2 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -2...+3, kunduzi 20 yanvarda +7...+12, 21 yanvarda +3...+8, 22 yanvarda 0...+5 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 yanvarda ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21-22 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 yanvarda kechasi 0...+5, ba'zi joylarda -2, kunduzi +7...+12, 21 yanvarda kechasi 0...+5, kunduzi +3...+8, 22 yanvarda kechasi -2...+3, kunduzi 0...+5 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 20 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, 21-22 yanvar ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 yanvarda ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 yanvarda kechasi 0...+5, kunduzi +9...+14, 21 yanvarda kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10, 22 yanvarda kechasi -2...+3, kunduzi +2...+7 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 20 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, 21-22 yanvar ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 yanvar ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...-5, kunduzi 20 va 22 yanvarda +3...+8, 21 yanvarda +3...+8 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21-22 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 yanvarda kechasi 0...-5, kunduzi +2...+7, 21 yanvar kechasi -3...+2, kunduzi 0...+5, 22 yanvarda kechasi -2...-7, kunduzi 0...-5 daraja boʻladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston