Avtotoʻxtash hududlarida xavfsizlik qoidalari kuchaytirildi

1 daqiqa o'qish190
Avtotoʻxtash hududlarida xavfsizlik qoidalari kuchaytirildi

Avtotransport toʻxtash joylarida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yangi qoidalar belgilandi. Unga koʻra, avtomobillar bu hududlarda soatiga 5 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanishi taqiqlanadi. Bu qoida yoʻlovchilar, haydovchilar va umumiy xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan.

Shuningdek, avtomobil toʻxtash joylari hududida bir qator faoliyatlar ham cheklanadi. Jumladan, maxsus ajratilmagan joylarda transport vositalarini taʼmirlash, yuvish hamda yonilgʻi va moylash materiallarini quyish taqiqlanadi. Shu bilan birga, ochiq olovdan dvigatel va agregatlar uchun foydalanishga ham ruxsat berilmaydi.

Qoidaga koʻra, bu hududlarda tamaki chekish va spirtli ichimliklar isteʼmol qilish ham man etiladi. Shuningdek, yonilgʻi-moylash materiallarini saqlash uchun alohida joylar tashkil etishga ruxsat berilmaydi. Ushbu choralar yongʻin xavfi va boshqa xavfli holatlarning oldini olish maqsadida joriy etilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?