13:28 / 18.11.2016
8 502

Turkiya Respublikasi Prezidenti O‘zbekistonga keldi

Turkiya Respublikasi Prezidenti O‘zbekistonga keldi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on 17 noyabr kuni mamlakatimizga tashrif buyurdi, deb yozadi Mulohaza.uz sayti.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Adham Ikromov kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 18 noyabrga mo‘ljallangan.

Turkiya Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on uchrashuvi chog‘ida O‘zbekiston – Turkiya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Turkiya Respublikasi Prezidenti O‘zbekistonga keldi