date

Radioaktiv chiqindilar bilan ishlash qoidalari tasdiqlandi

Radioaktiv chiqindilar bilan ishlash qoidalari tasdiqlandi
O‘zbekistonda radioaktiv chiqindilar bilan ishlashda xavfsizlik talablari tasdiqlandi. Ushbu hujjatda atom elektr stansiyalari, ilmiy-tadqiqot reaktorlar va boshqa yadro inshootlarini ekspluatatsiya qilish hamda ularni ekspluatatsiyadan chiqarishda yuzaga keladigan chiqindilarni boshqarish tartibi belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, radioaktiv chiqindilar bilan ishlashda xodimlarning nurlanish dozalari doimiy nazorat qilinishi, chiqindilar faoliyat darajasiga qarab tasniflanishi, radiatsiya tarqalishini oldini olish uchun himoya to‘siqlari qo‘llanilishi va xodimlar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim. Radiatsiyaviy nazorat shakli ob’ektning loyiha va ekspluatatsiya hujjatlarida ko‘rsatilishi kerak.

Radioaktiv chiqindilar bilan ishlovchi kompaniyalar xavfsiz ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar va qo‘llanmalarni ishlab chiqishi shart. Shuningdek, atom energiyasidan foydalanishda yuzaga keladigan radioaktiv chiqindilar hajmi haqida yillik hisobotlar tayyorlanishi talab etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Radioaktiv chiqindilar bilan ishlash qoidalari tasdiqlandi