date

Ertaga ayrim hududlarda qor yog'ishi kuzatiladi

Ertaga ayrim hududlarda qor yog'ishi kuzatiladi

O‘zgidromet ertaga, 31 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi bilan bo‘lishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘ylab havo asosan o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim hududlarda yomg‘ir, tuman hamda yo‘llarda yaxmalak holatlari uchrashi mumkin. Sinoptiklar, ayniqsa haydovchilardan ehtiyotkorlikni kuchaytirishni so‘ramoqda.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuqdan 1 daraja iliqqacha, kunduzi 8–10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin, yo‘llarning ba’zi qismlarida yaxmalak kuzatilishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi nuqtalarda yaxmalak holati saqlanadi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 6–11 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim hududlarda yomg‘ir va tuman ehtimoli bor. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatilishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 6–11 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak ehtimoli saqlanadi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin, yo‘llarda ba’zi nuqtalarda yaxmalak holati kuzatilishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 5–10 m/s esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi: ayrim joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi qismlarda yaxmalak kuzatilishi ehtimoli bor, shuningdek qor ko‘chishi xavfi ham saqlanadi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s esadi. Harorat kechasi 4–9 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ertaga ayrim hududlarda qor yog'ishi kuzatiladi