date

Aholini ro‘yxatga olishda majburiy ishga jalb etish fosh etildi

Aholini ro‘yxatga olishda majburiy ishga jalb etish fosh etildi

O‘zbekistonda ayrim mahalliy hokimiyat organlari tomonidan xodimlarni aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga ish vaqtidan tashqari majburan jalb qilish holatlari aniqlandi. Mehnat inspeksiyasi ma’lum qilishicha, bunday ishlar ayrim joylarda «majburiy topshiriq» deb nomlanib, amalga oshirilgan.

O‘tkazilgan tekshiruvlar yakuniga ko‘ra, Buxoro shahri hamda Oltinko‘l, Asaka va Marhamat tumanlari hokimliklariga rasmiy ravishda ogohlantirish xatlari yuborilgan. Shuningdek, Andijon viloyati hokimligiga aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha taqdimnoma kiritilgan.

Mehnat inspeksiyasi ta’kidlaganidek, xodimni uning roziligisiz, turli bosimlar yoki xizmat topshiriqlari asosida ish vaqtidan tashqari mehnatga jalb qilish majburiy mehnat hisoblanadi va amaldagi qonun talablariga ziddir. Ayniqsa, bunday holatlarning davlat organlari tomonidan sodir etilayotgani jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.

Inspeksiya eslatishicha, ish vaqtidan tashqari ishlar faqat xodimning ixtiyoriy roziligi asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunda Mehnat kodeksining 262-moddasiga muvofiq tegishli haq to‘lanishi shart. Qonunga ko‘ra, dastlabki ikki soat uchun kamida 1,5 baravar, undan ortiq soatlar uchun esa kamida 2 baravar miqdorda mehnat haqi to‘lanishi belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Aholini ro‘yxatga olishda majburiy ishga jalb etish fosh etildi