date

O‘zgidromet tezkor ogohlantirish berdi

O‘zgidromet tezkor ogohlantirish berdi

O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi. Joriy yilning 31 yanvar hamda 1–3 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjudligi ma’lum qilindi.

Ogohlantirishga ko‘ra, xavf quyidagi hududlarda yuqori bo‘lishi mumkin:

-Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

-Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

-Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

-Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

-Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

-Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Shu munosabat bilan tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi. Ayniqsa, og‘ir qiyaliklar, daralar atrofi, qor ko‘p yig‘ilgan yo‘laklardan o‘tishda shoshilmaslik, yo‘lga chiqishdan oldin ahvolni tekshirib olish tavsiya etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zgidromet tezkor ogohlantirish berdi