Fevral oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Fevral oyi yanvarga nisbatan o‘rtacha 2–3 darajaga, tog‘larda esa 1–1,5 darajaga iliqroq kechishi aytilgan. Bu haqda O‘zgidromet ma’lumot bergan. Lekin qish ob-havosi har doim “bir xil ssenariy”da ketmaydi: ba’zi yillari fevral bahoriy iliq kunlar bilan kelib, bodom, o‘rik, olxo‘ri va olchaning erta navlari gullay boshlaydi.
Ko‘p yillik kuzatuvlarda fevral oyida maksimal harorat 24–29° iliqqacha, janubda esa ba’zan 30–32° iliqqacha ko‘tarilgan holatlar qayd etilgan. Bu rekordlar asosan 2016 va 2021 yillarda kuzatilgan. Shu asrda 2004, 2016 va 2021 fevral oylari eng iliq bo‘lib, o‘rtacha harorat me’yordan 3–6° yuqori chiqqan. Eng iliq paytlarda 22–27° iliq, janubda 28–30° iliqqa chiqqan kunlar bo‘lgan.
Biroq hatto iliq yillarda ham fevral “qishligini” unutmaydi: tez ilishdan keyin qisqa muddatli sovuq qaytadi. Masalan, 2021 yil fevral oxirida harorat 10–15° sovuqqacha pasaygani keltiriladi. Eng sovuq fevral sifatida 2014 yil tilga olinadi: o‘rtacha harorat me’yordan 4–8° past bo‘lgan, ko‘p hududlarda minimal
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!