date

Surxondaryoda gaz alangalanishi kuzatildi

Surxondaryoda gaz alangalanishi kuzatildi
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida gaz sizishi va alangalanishi holati qayd etildi. Ushbu voqea haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaldi.

Mahalliy aholi gaz hidi sezilayotgani va nafas olish qiyinlashayotgani haqida xabar bermoqda. Mazkur hodisa yuzasidan mutasaddi idoralar hali rasmiy izoh bermadi, voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Kursiv Uzbekistan ushbu voqea yuzasidan O‘zbekiston Energetika vazirligiga so‘rov yubordi. Avvalroq ushbu hududda shunga o‘xshash holatlar kuzatilgan edi.

O‘tgan yilning sentabr oyida texnologik jarayonlarning buzilishi natijasida vodorod sulfid sizib chiqib, ikki hafta ichida bartaraf etilgan edi. Joriy yilning yanvar, mart va may oylarida esa bu hududda alangalanish holatlari kuzatilgan, bu holatlar rasmiylar tomonidan nazoratli kuydirish jarayoni sifatida izohlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Surxondaryoda gaz alangalanishi kuzatildi