Ertaga metan “zapravka”lar faoliyati yana cheklanadi

Ertaga, 2 fevraldan boshlab respublika bo‘ylab «metan zapravka»lar faoliyati soat 10:00 dan 16:00 gacha tashkil etilishi ma’lum qilindi. Bunday tartib gaz bosimi va ta’minot barqarorligini ushlab turish bilan bog‘liq cheklovlar doirasida qo‘llanadi.
Ayniqsa, Farg‘ona vodiysida «metan zapravka»larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib belgilanishi aytilmoqda. Ya’ni, u yerda vaqtlar vaziyatga qarab o‘zgarishi mumkin — kimgadir ertaroq, kimgadir kechroq ochilishi ehtimoli bor.
Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatadigan maxsus texnika va jamoat transportlari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanishi qayd etildi. Demak, «tez yordam», kommunal xizmatlar va avtobuslar “gazsiz qolib ketadi” degan xavotirga hozircha o‘rin yo‘q.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!