
O‘zbekistonning 26 ta transport-logistika markaziga quruq port maqomi berildi. Bu qaror BMTning ESCAP tashkiloti doirasida Bangkokda o‘tkazilgan yig‘ilishda qabul qilinganini Transport vazirligi xabar qildi.
Quruq portlar toifasiga Navoi Cargo, Nukus markazi, Multimodal Trans Terminal va Termiz logistika markazi kiradi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2021 yilda quruq portlar haqidagi bitimga qo‘shilgan edi.
Ushbu hujjat Rossiya tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bo‘lib, 2013 yilda Bangkokda imzolangan. Uni Bangladesh, Hindiston, Qozog‘iston, Janubiy Koreya kabi davlatlar ratifikatsiya qilgan.
Quruq portlar yuklarni qabul qilish, vaqtincha saqlash, bojxona tekshiruvi va rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiruvchi logistika markazlaridir. Odatda, ular dengiz portlariga yaqin joylashgan bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.