Toshkentda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan otliq parad o‘tkaziladi

Toshkent shahar hokimiyati xabariga ko‘ra, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan poytaxtda otliq kavaleriya paradi tashkil etiladi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Tadbir 10-yanvar kuni soat 15:00 da Amir Temur maydonida bo‘lib o‘tadi. Paradda Milliy gvardiya rahbariyati, shuningdek, huquq-tartibot idoralarining otliq bo‘linmalari ishtirok etishi kutilmoqda.
Shu kabi paradlar 10, 11 va 12-yanvar kunlari soat 15:00 da Qoraqalpog‘iston va mamlakatning barcha viloyat markazlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing