Toshkentda havo 11 darajagacha isiydi 9 yanvar uchun ob havo prognozi

9 yanvar kuni Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, osmon esa o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 11° gacha ko‘tariladi, kechasi esa -2° atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kun davomida 15° gacha iliq bo‘lishi kutilmoqda. Markaziy hududlar hamda Buxoro viloyatida havo 13° gacha isiydi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda sovuq havo oqimi saqlanib turadi: kunduzi harorat 8° dan oshmaydi, kechasi esa -8° gacha sovuq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysida kunduzi 10° gacha, tog‘li hududlarda esa 7° gacha iliqlik prognoz qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing